Atrofimizga nazar tashlasak kun ora telegram orqali “Tabriklaymiz, siz pul mukofoti yutib oldingiz. Uni quyidagi havola orqali qo‘lga kiritishingiz mumkin” yoki bo’lmasa menga ovoz bering 1 raqamdaman degan xabarlar keladi. Bu xabarlar ishongan va tanigan insonlardan kelganda biz ikkilanmay unga ishonamiz. Vaholanki ko’r ko’rona ishonish nechog’liq to’g’ri deb o’ylaysiz? Aynan shunday xolatni boshdan kechirgan hamkasbimiz fikrlari telegram orqali kelayotgan xabarlarning barchasi ham rost bo’la olmasligini isbotlaydi.
-Bir
necha yillardan buyon o’zim tanidagan insondan telegram orqali xabar keldi.
Menga ovoz bering 5 raqamdaman degan mazmunda.-deydi “Tibbiyot va hayot” gazetasi bosh muharriri G’ayrat Xudoyberdiyev. Yolg’on xababr
tarqatmasligiga ishonganim uchun ham jamiyatda faol insonlaridan biri
bo’lganligi uchun biror tanlovga nomzodini qo’ygan ekanda deya ishonib link
orqali ovoz bering degan qismini bosdim. Ammo hech qanday tanlov emasligini va
aldanganligimni keyin angladim. Chunki bu mazmundagi xabar men linkni bosgan
onda mening telefonimda kimning raqami saqlangan bo’lsa
barchasiga yuborilganligini bildim. Juda qiyinchilik bilan o’chirishga xarakat
qildim. To’g’ri hozir to’g’irlab oldim ammo vaqtimni xam ushbu xolat oldi va eng
yomoni menga ishongan insonlarning ham shunday qiyin vaziyatga tushib qolishiga
sababchi bo’ldim.
Gohida yuqoridagidek mobil telefonimizga shu
mazmundagi turli xabarlar yuboriladi. Ko‘pchilik esa uning yolg‘on ekanini
bilmay, shoshqaloqlik oqibatida firibgarlar qo‘ygan tuzoq qurboniga aylanadi.
Bugungi kunda internetdagi firibgarlik va onlayn pul o‘marish holatlari kun
sayin ortiq bormoqda. Aldangan va jabrlanganlar esa sanoqsiz.
Yevropa
Ittifoqining Kiberxavfsizlik agentligi (ENISA) tomonidan 2022-yilda jahon
boʻyicha takroriyligi va zarariga koʻra eng yuqori boʻlgan 5 ta kiberhujum
turlari ma'lum qilingan. Ular ichida eng keng tarqalgani bu – kiberfiribgarlik ya’ni fishingdir.
Fishing
nima dersiz? Fishing bu internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali foydalanuvchining
maxfiy ma’lumotlari bank kartasi, shaxsiy hisob raqamining login va parollarini
o‘g‘irlash uchun ishlatiladigan internet firibgarligining bir turi. Bu xuddi baliqqa
qarmoq tashlab qo‘yganga o‘xshaydi. Shuning uchun ham uning nomi – fishing
baliq ovlashdir yani bunda odamlarni qarmoqqa ilintirishdir. Bunda elektron
pochtaga, ijtimoiy tarmoq sahifalari va messenjerlarga kelgan noma’lum
xabarlarni ochish, xavfsiz bo‘lmagan sahifalar orqali to‘lovlarni amalga
oshirish, sayt havolasining haqiqiy yoki feyk ekanini tekshirmaslik, ayniqsa
telegram orqali kelayotgan xababrlarga e’tibor bermaslik ularning qarmog’iga
ilinib qolishga olib kelmoqda.
Yuqorida
ma’lumotlarni o’qigan xar bir inson “Menda ham xuddi shunday vaziyat bo‘lgan”,
deyotgan bo‘lsangiz, ajab emas, chunki virtual firibgarlar tuzog‘iga ilinganlar
soni kundan kunga ko‘payib bormoqda. Bundan himoyalash esa faqat o’zimizga
bog’liq…..
Mastura Xamrayeva
Комментариев нет:
Отправить комментарий