понедельник, 22 ноября 2021 г.

"Is gazidan ogoh bo'ling" tanlovi uchun

 EXTIYOT BO’LING IS GAZI!

Nafas olgandagi  havo uning yashashi uchun muhimdir. Ammo uning tarkibiga    0.08% gina bo’lsada CO bo’lsa nima ro’y berishini bilasizmi? Bilmaysiz.. odam bosh og’rig’i va nafas qisilishini his qiladi.bu foiz  0,32% gacha bo’lsa falajlik va hushni yo’qotish kuzatiladi xatto 30 daqiqadan so’ng o’lim sodir bo’ladi.  Konsentratsiya 1,2% dan yuqori bo’lsa, ikki yoki uch nafasdan so’ng hush yo’qoladi, odam 3 daqiqadan kamroq vaqt ichida vafot etadi. Bu holatni esa doim ham jiddiy havf deb bilmaymiz. O’lim holatigacha olib keladigan kichik bir uchqun deb bilganimiz is gazidan zaharlanish deyiladi.

Is gazi bilan zaharlanishni aniqlashda anamnez ma’lumotlari va bemorning ko’rikdan o’tkazish muhim ahamiyatga ega. Kasallik prognozi bemorning holati  og’irligiga, ko’rsatiladigan tibbiy yordamning vaqti va sifatiga bog’liq. Yengil zaharlanish asoratlarsiz bartaraf etiladi, o’rta-og’ir va og’ir zaharlanishlar ko’pincha markaziy asab va yurak-tomir tizimi tomonidan asoratlarga olib keladi. Koma holatida bo’lgan bemorlarning holatini oldindan aytish deyarli imkonsiz.

Bu kabi holatga tushmaslikning yagona yo’li profilaktik maqsadlarda yong’in xavfsizligi qoidalariga amal qilish kerak. Uyda zaharlanishga yo’l qo’ymaslik uchun nosoz gaz va isitish moslamalaridan foydalanmaslik tavsiya etiladi. Avtomobil dvigateli ishlab turganda, garajda uzoq muddat bo’lmaslik kerak. Ishlab chiqarish xonalarida yaxshi ventilyatsiya ta’minlanishi kerak.

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...