пятница, 19 ноября 2021 г.

"Is gazidan ogoh bo'ling" tanlovi uchun

 IS GAZIDAN ZAHARLANIB QOLISHDAN EHTIYOT BO`LING


Sovuq kunlar kelishi bilan insonlarni is gazi muammosi chetlab o’tmaydi. Kun ora internet orqali is gazidan zaharlanib vafot etayotgan insonlar haqida xabarlar  ko’zga tashlanmoqda. Nosoz, qo’lbola o’rnatilgan gaz quvurlari sabab bu holat insonlarni oramizdan olib ketmoqda. Shuni bilamiz-u ammo uning oqibati haqida o’ylamaymiz. Is gazi atmosfera havosiga barcha turdagi yonish jarayonlarida ajralib chiqadi. Shaharlarda shuningdek asosan ichki yonuv dvigatellaridan chiqadigan gazlar orqalidir.

Bilasizmi inson organizmiga is gazi kirishi oqibatida rivojlanadigan o’tkir patologik holat bo’lib, hayot va salomatlik uchun xavflidir. O’z vaqtida  malakali tibbiy yordam ko’rsatilmasa o’limga olib kelishi mumkin. Is gazi qondagi gemoglobin bilan faol bog’lanib, karboksigemoglobin hosil qiladi va to’qimalarga kislorod tashishni bloklab qo’yadi, bu esa gemik turdagi gipoksiyaga olib keladi. Shuningdek oksidlanish reaktsiyalariga aralashib, to’qimalarda biokimyoviy muvozanatni buzadi.

Biz unchalik  ba’zan ham jiddiy qaramaydigan bitta uglerod va bitta kislorod atomlaridan tashkil topgan gaz rangsiz, ta’m va hidga ega bo’lmagan shu birikma  o’ta zaharli sanaladi. Havo almashinuvi yetarli bo’lmagan sharoitida yoritish gazi sizib chiqishi oqibatida yoki gaz yoqiladigan xonalarda, masalan, gaz plitalari, suv isitish moslamalari, ochiq yonuv kamerali issiqlik generatorlari, isitish moslamalari orqali gazdan zaharlanish mumkin.

Shunday ekan kichik bir ko’zga ilg’amasdek tuyulgan is gazidan vaqtida to’g’ri foydalanish, o’zimizni hayotimizni saqlash demakdir.

Комментариев нет:

Отправить комментарий

  Сурхондарёда географик объектларни номлаш ишлари амалга оширилмоқда Ҳозирда географик объектларни номлаш жараёнлари 2018 йил 14 декабрда қ...