Inson
hayotda yashar ekan doimo o'ziga qulaylik yaratishga harakat qilib kelgan va
buning uddasidan chiqqan. Insoniyatning besh mingyillik tarixi bunga guvohdir.
Lekin bu qulayliklar faqatgina ezgu maqsadlarda bo'lmasa, uni qanday tushunish
mumkin. Inson Olloh tomonidan inom qilingan umrni allaqanday ''modda"larga
qurbon qilayotgani afsuslanarli va achinarlidir.
Barchamizga
ma'lumki, keyingi yillarda olib borilayotgan profilaktika tadbirlarlari hamda
huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining xizmatlari tufayli yurtimizda
giyohvand moddalar savdosiga, uni mamlakat hududiga olib kirish hollariga chek
qo'yilmoqda. Biroq, ayrim holatlarda giyohvandlik moddalari o'rnini psixotrop
dori vositalari egallayotgani tashvishlanarlidir. Ilmiy adabiyotlarda psixotrop
moddalar, neyroleptiklar – kishining psixik faoliyatiga ta'sir etadigan dorilar
guruhiga aytilishi ko'rsatib o'tilgan. Bu vositalar psixik kasalliklarda va
nerv kasalliklarini davolashda qo'llanishi belgilangan bo'lsada, odamlar
orasida uni iste'mol qilish, shu orqali giyohvandlik vositalar beradigan
"lazzat"ni tuyish holatlari uchramoqdaki, bu albatda fikr yuritishga
ayrizdigan masaladir.
"O'rgangan
ko'ngil o'rtansa qo'ymas" deganlaridek, giyohvandlik moddalari savdosi
bilan shug'ullanib yuradigan ayrim kimsalar, endilikda noqonuniy psixotrop dori
vositalari savdosini rivojlantirishga harakat qilishmoqda. Bu kabi kishilarning
maqsadlari mo'may daromad ortirish. Bunday vositalarning nafaqat savdosi yoki
iste'moli, balki mamlakatimiz hududiga kirib kelishining o'ziyoq insonlar
hayoti va jamiyatimiz farovonligiga katta xavf tug'dirishi mumkin.Shu bois
yurtimizda psixotrop hamda kuchli ta'sir etuvchi preparatlarning noqonuniy aylanmasga
qarshi kurash bo'yicha kompleks chora tadbirlar amalga oshirish muntazamlik
kasb etgan. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 2019-yil 6-sentabrdagi "Dori
vositalarining noqonuniy oldini olish choralarini kuchaytirish
to'g'risida"gi qarori mamlakatimizda kuchli ta'sir etuvchi moddalar
aylanishini tartibga solish va aholi og'lig'ini asrashga qaratilgan
chora-tadbirlarni oshirishga xizmat qilmoqda.
Psixotrop
moddalar sirasiga tramadol, lirika, baklasan, samnol, diazepam, sibazol, valium
fanazenam kabi dori vositalari kiradi. Ko'pchillik aslida bu vositalarning oxir
oqibat qanday holatlarga olib kelishini anglamangan holda iste'moli oqibatida
jabr ko'rmoqda. Ular orasida yoshlarning bu moddalarqa qaram bo'lib qolayotgani
juda achinarlidir. Shifokorlar fikricha, yoshlarning orasida bu vositalarning
ommaviylashiga sabab, dastlabki iste'mol qilganda favqulotda kuch va quvvatni
o'zida sezishidir. Ammo bu "qudrat" bir necha lahzalarda o'z o'rnini
tobelikka tomon bo'shatib beradi. Ikki marta qabul qilgandayoq qaramlik hissi
boshlanadi. Porloq kelajak osuda hayotini arzimas ko'ngilxushlik, bir necha
daqiqalik foniy "lazzat"uchun sar etayotganlarga nisbatan, ey odamzod
ko'zingni och bu aslida senga nimaga kerak, umrinni shamollarga sovirma deging
keladi.Bu dorilar avvalo, jigarni quritadi, insoniy xislatlarni o'ldiradi,
ota-ona yor-u do'stlarga bo'lgan muhabbatni – bir so'z bilan bilan aytganda
insoniylikdan chiqarishi bilan ham xavflidir. Shuning uchun bu moddalarning
ommaviy sotuvga chiqishiga, savdosiga qarshi kurashish har birimizdan ogohlikni
talab qiladi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий