Kechagi
uy bekasi — bugun jamiyatning faol a’zosi
Ayoli
ulug‘langan yurtda yashashdan ortiq baxt bo‘lmasa kerak. Ayollarimiz iqtisodiy,
ijtimoiy tomondan keng qo‘llab-quvvatlanayotir. Xotin-qizlarning baxti, kamoli,
istiqbolini ko‘zlagan va buni oliy maqsad, deb bilgan mamlakat dunyoda
kamdan-kam topiladi.
Bugun O‘zbekistonda yashayotgan har bir ayol, chin
ma’noda, baxtli. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, o‘nlab qonunlar,
saksonga yaqin farmon va qarorlar, davlat dasturlari xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy
faolligini oshirish, oila va jamiyatdagi mavqeini mustahkamlash, oila, onalik
va bolalikni muhofaza qilishda huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Shuningdek BMTning
Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish
to‘g‘risidagi konvensiyasi (SYeDAW), Xotin-qizlarning siyosiy huquqlari
to‘g‘risidagi, Xalqaro mehnat tashkilotining Onalikni muhofaza qilish
to‘g‘risidagi, Mehnat va bandlik sohasida kamsitishlar to‘g‘risidagi
konvensiyalar va boshqa bir qator xalqaro hujjatlar milliy qonunchiligimizda
o‘z ifodasini topgan va ularning bajarilishi ta’minlanmoqda.
1996-yilda
Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida xotin-qizlarning
ahvolini yaxshilash bo‘yicha konsepsiyaning qabul qilingani, BMT qo‘mitasiga
Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish
to‘g‘risidagi konvensiyasi ijrosi bo‘yicha Milliy ma’ruza taqdim etilayotgani
opa-singillarimizning konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarishga xizmat
qilmoqda.
Mamlakatimiz
aholisining yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etuvchi xotin-qizlar islohotlar
jarayonida faol qatnashib, Vatanimiz taraqqiyoti, uning yanada
gullab-yashnashiga munosib hissa qo‘shmoqda.
Bundan
o‘n — o‘n besh yillar ilgari faqatgina ijtimoiy sektor, ayniqsa, ta’lim va
tibbiyot sohasi xodimlarining asosiy qismini ayollar tashkil etgan bo‘lsa,
hozirgi vaqtga kelib, respublikamiz iqtisodiy rivojida katta ahamiyatga ega
bo‘lgan bank-moliya, ishlab chiqarish kabi sohalarda, avtomobilsozlik,
mikrobiologiya, farmatsevtika, elektron va elektrotexnika sanoati,
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, servis va bozor iqtisodiyoti xizmatlari
kabi yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy tarmoqlarda ham
xotin-qizlarimizning hissasi tobora ortib bormoqda.
Комментариев нет:
Отправить комментарий