International
day of the Girl Child:Kamsitish
va ijtimoiy muammolarga qarshi kurash kuni
Xalqaro qizlar kuniga2011 yil, 11 oktabrda BMT Bosh assamblyasida asos
solingan. Butun jahon bo‘yicha qizlarning kamsitilishi, ularning ijtimoiy
muammolariga e'tibor qaratish maqsadida har yili 11 oktabrda nishonlanadi.
BMTdagi bolalar fondi (YUNISEF)
ma'lumotiga qaraganda 2014 yilda 700 mln nafar qiz 18 yoshga yetmay uzatilgan,
shulardan 250 mln nafarga yaqini 15 yoshga ham to‘lmagan qizlardir.
Jahondagi 15 yoshdan 19 yoshgacha
bo‘lgan har oltinchi qiz yoki oila qurgan, yoki oilasi bilan birga
yashaydi. Butunjahon sog‘liqni saqlash
boshqarmasining ma'lumotlariga ko‘ra, 15 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan
qizlarning ko‘z yorish holatlarining aksariyati o‘lim bilan tugagan. Erta va majburiy nikoh, asosan, Afrika
mamlakatlarida Burkina Faso, Chad, JAR, Efiopiya va Nigerda uchraydi. Shu
jumladan, Janubiy osiyo mamlakatlari Nepal, Hindiston va Bangladeshda ham
uchraydi. Ma'lumotlarga ko‘ra, 2050 yilga kelib, erta nikoh ikki baravar
oshishi mumkin. YUNISEFning ma'lum qilishicha, jahon bo‘yicha 31 mln nafar
maktab yoshidagi qiz ta'lim olmaydi. 17 mln nafar qiz esa umuman maktabga
bormaydi. Achinarlisi qizlarning ta'lim olishi uchun keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganiga qaramay, ularning aksariyati fuqarolik urushlari, kambag‘allik tufayli bunga qiyinchilik bilan erishmoqda. Bu kabi muammolar Hindiston, Somali, Tojikiston, Pokiston kabi davlatlarda
uchraydi.
Jahonda har yili 10 foiz qiz qo‘pol
munosabat ortidan halok bo‘ladi va shunchasi jismoniy va jinsiy zo’ravonlik
qurboni bo‘ladi. Qizlarga nisbatan zo‘ravonlik qilish, butun dunyoga tarqalgan.
10-14 yosh atrofidagi qizlarga nisbatan har tomonlama qo‘pol munosabatda
bo‘lish, Yaman, Misr, Nigeriya, Chad va MARda keng tarqalgan. 2015 yilda
Nigeriyadagi “Boko Xaram” terrorchilik tashkiloti tomonidan o‘g‘irlab ketilgan
qizlarni ozod etish uchun hatto qizlar mitinga chiqqan.
BMT o‘smir qizlarning kamsitilishini tugatish, ularning huquq va
vakolatlarini kengaytirishni rag‘batlantirish uchun hukumatlar, fuqarolik
jamiyatlari, davlat va xususiy tashkilotlarni birdamlikka chaqirdi.
Bunday holatlarni oldini olish va qizlarimizning jamiyatdagi o’rnini
mustahkamlash uchun ham yurtimizdahar yili xalqaro qizlar kuni keng
nishonlanadi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий