суббота, 19 октября 2019 г.

Bilib qo’yganimiz yaxshi……
Sog‘liqni saqlash vazirligining taxminlariga binoan, muntazam emlash ayollarda 1100 dan ortiq yangi bachadon bo‘yni saratoni va har yili 600 ga yaqin o‘lim holatlarini oldini olish kerak.
Odam papilloma virusi butun dunyoda juda keng tarqalgan viruslar guruhining keng tarqalgan nomidir. 190 dan ortiq virus turlari ma’lum bo‘lib, ulardan kamida 13 si saraton rivojlanishiga olib keladi. Ular orasida bachadon bo’yni saratoni ham bor.

Bachadon bo‘yni saratoni. Ayollarda eng ko‘p tarqalgan saratonlar orasida to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2018 yilda rivojlanayotgan mamlakatlarda BBSning yangi holatlari soni 570 mingni tashkil qildi. 311 mingga yaqin ayol bachadon bo‘yni saratonidan vafot etdi, ushbu o‘limlarning 85 foizdan ko‘prog‘i kam va o‘rtacha daromadli mamlakatlarda sodir bo‘ldi.
Bachadon boyni saratonining belgilari odatda faqat saratonning rivojlangan bosqichida namoyon boladi va orqa, oyoq yoki tosda ogriqlar, charchoq, vazn yoqotish, ishtahani yoqotish, vagina ichidagi noqulaylik yoki yoqimsiz hid bilan ajralishi, bitta shishgan oyoq, keyingi bosqichlarda yanada jiddiy alomatlar bilan  paydo bolishi mumkin.
Bachadon boyni saratoniga qarshi kurash choralari birlamchi ВПЧ ga qarshi emlash , ikkilamchi 30 yoshdan oshgan ayollarda saraton oldi kasalliklarini skrining qilish va davolash, uchlamchi profilaktika bachadon boyni saratonini diagnostikasi va davolash va palliativ yordamni oz ichiga oladi.
Bachadon bo‘yni saratonini skriningi kasallik belgilari bo‘lmagan va o‘zlarini to‘liq sog‘lom his qiladigan ayollar orasida saraton oldi holati va saraton kasalligini sinab ko‘rishdir. Agar skrining tekshiruvi saraton oldi patologik holatni aniqlasa, ularni oson davolash mumkin va shu bilan saraton rivojlanishining oldini olish mumkin. Skrining tekshiruvi saraton kasalligini erta bosqichda davolanish ehtimolini yuqori darajada aniqlashi mumkin. Kasallik yillar davomida rivojlanib borishini hisobga olib, 30−49 yoshdagi har bir ayolni hayotida kamida bir marta, yoki yaxshisi, tez-tez ko‘rikdan o‘tkazish tavsiya etiladi.
O‘zbekistonda bugungi kunda 9 yoshdagi qizlar ham ushbu vaksina bilan emlanmoqda. Unda Merck Sharp & Dohme (ba’zan MSD yoki Merck deb ataladi) tomonidan ishlab chiqarilgan Gardasil vaksinasi qo‘llanilmoqda. Vaksina 2006 yilda foydalanish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan. U Gollandiyada ishlab chiqariladi va AQSH, Kanada, Avstraliya, Isroil, Rossiya, Gruziya, Moldova, JAR va boshqa 70 dan ortiq mamlakatlarda qo‘llanilgan.
Gardasil vaksinasi tetravalent vaksinadir. Vaksinaning «Servariks» (Cervarix) nomli yana bir turi mavjud. Vaksina GlaxoSmithKline kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi. 2007 yilda u ushbu vaksinani foydalanish uchun litsenziya oldi.

Dilafro’z  Igamuratova tayyorladi.

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...