Missionerlik milliyligimizga
yot tushuncha
Bugungi kunda taraqqiyotimiz rivojiga kuchli ta’sir
ko‘rsatayotgan ijtimoiy omillar qatorida diniy omilning alohida o‘rni bor.
Din
qadimdan inson turmush tarzining ajralmas bir bo‘lagi bo‘lib kelgan. Din yaratuvchanlik
va bunyodkorlik, uyushturuvchanlik va yo‘naltiruvchanlik salohiyatlarini
namoyon qilib, jamiyat rivoji hamda inson kamolatiga xizmat qilib kelgan. Shu
bilan birgalikda insoniyat tarixida aynan dindan foydalanib, uni niqob qilib
olib buzg‘unchilik va vayronkorlik ishlarini amalga oshirgan insonlar va
davrlar ham bo‘lgan. Ayni ana shunday g‘arazli maqsadlarda dindan foydalanish,
bugungi kunimizda ham mavjuddir. Turli shakllarda namoyon bo‘layotgan
missionerlik harakati bunga misoldir.
Missionerlik
harakati va mohiyatidan oldin ushbu so‘zning lug‘aviy ma’nosiga ahamiyat
qaratsak. Missionerlik atamasiga ko‘plab ta’riflar keltirib o‘tilgan. Jumladan
har yili qayta nashr etiladigan “World Book”(“Jahon kitobi”) ensiklopediyasida:
“Missioner – biror diniy guruh tomonidan boshqalarni o‘z diniga targ‘ib qilish
va kiritish uchun yuboriladigan inson”- degan fikr qayd etilsa, Moskvada nashr
etilgan “Kirill va Mefodiyning katta ensiklopediyasi ”da esa “Missionerlik –
biror diniy birlashma vakillarining o‘z e’tiqodini boshqa din vakillari orasida
yoyish harakati ”– degan ta’rif keltirilgan. Bundan anglashimiz mumkinki
missionerlik boshqa din vakillari orasida o‘z dinini targ‘ib etish harakatidir.
Bu harakat ayni bugungi asrimizda ham turli shakllarda: ijtomoiy yordam,
internet tanishuvlari va boshqalarda o‘zini namoyon etmoqda.
Bugungi
kunda dinga bo‘lgan qiziqishning kuchayib borishi globallashuv jarayonining
o‘ziga xos in’nikosidir. Bu jarayonlar o‘z navbatida inson ma’naviyatining
uzviy qismi bo‘lgan dinning mohiyatini tushunish, uning inson va jamiyat
hayotidagi o‘rnini anglashga bo‘lgan e’tiborning kuchayishini keltirib
chiqarmoqda. Ayrim mamlakatlarda yuzaga kelayotgan keskin diniy
murosasizliklar, vayronkorliklarnnig bevosita va bilvosita sabablari ham aynan missionerlik
faoliyatlariga ham bog‘liqdir.Birgina BMT ma’lumotlariga ko‘ra missionerlik
harakatlari natijasida xristianlikning o‘sish ko‘rsatgichi yiliga 1.46 % ni
tashkil etmoqda.
Missionerlik
– milliy birlik va jamiyat barqarorligi uchun tahdidga aylangan ekan, unga
qarshi kurash, uning oldini olishga qaratilgan ishlarni tizimli tashkil etish
bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.Buning uchun esa
mamalakatimida yetarli huquqiy asoslar ham yaratilgan. O‘zbekistonda din erkinligi,
fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari ta’minlangan. Konstitutsiyamizda
ham barcha fuqarolar qonun oldida teng ekanligi[18-modda], shuningdek, har
kimning e’tiqod erkinligi huquqi, uning asosiy huquqi sifatida e’tirof etilishi
belgilangan. Bosh qomusimizning 31-moddasida har kim vijdon erkinligiga ega
ekanligi ta’kidlangan holda, diniy birlashmalar tuzulishi uchun ham ruxsat
berilgan [57-modda]. Shu bilan birgalikda milliy va diniy adavotni targ‘ib
qiluvchi birlashmalarning tuzulishi taqiqlangan. Missionerlar o‘zlarining
xushmuomlaligi, yorqin va ta’sirchan va’zlari bilan chalg‘itishga, o‘z
“o‘lja”larining qiziqishlarini hisobga olib, do‘stona munosabatga kirib olishga
va oxir oqibat ularni taklif etayotgan dinini taklif etishga da’vat etadilar.
Missionerlik harakatini oldini olish uchun,
avvalo, milliy qadriyatlarimiz va dinimizga hurmatni, muhabbatni
kuchaytirishimiz lozim. Ota-bobolarimizning o‘git va nasihatlaridan bahramand
bo‘lmog‘imiz kerak. Buyuk hadisshunoslarning hadislari-yu, allomaning dini
diyonatimiz haqidagi fikrlari teran anglashimiz muhimdir. Har birimizda ertangi
kunimiz, farovon hayotimiz hamda Vatanimizning tinchligiga dahldorlik tuyg‘usi
bor ekan, hech qachon befarqlikka o‘rin bermaylik. Doimo teran idrok, o‘tkir
nigoh bilan tevarak –atrofimizga e’tiborli bo‘laylik.
Комментариев нет:
Отправить комментарий