пятница, 14 декабря 2018 г.

Choy vatani XITOY


Olimlarning oxirgi tadqiqotlari shni isbotladiki zamonaviy Xitoy hududida choy butasining yetishtirilishi kamida 6 ming avval boshlanganidan darak bermoqda.

Bunday xulosaga Ninbo shahar okrugi, Tyanlo tog‘i hududida neolit davriga mansub Xemudu madaniyatiga oid arxeologik qazilmalar natijalarini tahlil qilish davomida Chjetszyan madaniy qadriyatlar va arxeologik tadqiqotlar markazi mutaxassislari kelishdi. Olimlar e'tiborini yoshi 6 ming yilni tashkil qiluvchi choy butalari ildizlari o‘ziga tortdi.
“Ildiz atrofidagi tuproqda qishloq xo‘jaligi vositalari bilan qayta ishlash izlari saqlanib qolingan. Bu holat ushbu o‘simlik o‘z-o‘zidan uni chiqmaganligi, balki inson tomonidan ekilganligini anglatadi”, deb aytmoqda arxeolog Sun Gopin.
 Bejizga choy arixiga qiziqib ma’lumotlarni keltirmadim. Jurnalistlar bilan Xitoy Xalq Respublikasida media-turda bo’lganimizda choy damlash san’ati bilan ham tanishdik. Axir Xitoyga boramizu choy san’ati bilan tanishmay qaytib bo’larmidi??
“Bir makon, bir yo’l” loyihasi doirasida tashkil etilgan safarimiz davomida tarix va zamon uyg’unlashgan maskanga tashrif buyurdik. U yerga insonlar milliy  ana’analari asosida damlangan hushta’m choylardan tatib ko’rish uchun kelishadi. Bizga Choy damlash bo’yicha mutaxassis qizlar bizga Xitoy choylari va ularning turlari haqida so’zlab berdi. Hatto o’zimiz choy damlash qoidalarini o’rganib, choy damladik. O’zgacha ta’m, nafis hid jamlangan Xitoy choyi ichgan inson borki  ta’mi anchaga ketmasa kerak.  O’z navbatida choy damlash usullariga ham dunyo bo’yicha faqatgina Xitoyda o’ziga hos va sirlidir.

Mastura

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...