пятница, 24 августа 2018 г.

DARDNI DAVOSI O’ZIMIZ
Yurtimizda bu kasallikka qarshi  ishlar amalga oshirilayotgan bo’lsada jahon miqyosida sil bilan kasallanish keng ko'lamda o'sib bormoqda. Bunga esa asosan ekalogik muvozanat va  migratsiya jarayonlari ta'sir ko'rsatayotganligi ma’lum bizga.

Shu bilan birga  ayrim bemorlar o’zboshimchalik bilan davolanishdan bosh tortishi yoki odamlardan kasalligi bois uyalish hissining yuzaga kelish holatlarining uchrashi bu kasallikning bartaraf etish borasidagi ishlarga o’z ta’sirini o’tkazmoqda. Vaholanki dardni yengish uchun inson o’zi harakat qilmas ekan uning salomatligini shifokor nazorat qilib yordam bera olishi mumkun ammo uning ruxiyatini o’zgartira olmaydi. Sil kassaligiga chalingan insonlar ruxan tushkunlikka tushsa ularni keyinchalik davollanishni davom ettirmasligi ham mumkin. Tuzalishga bo’lgan intilish esa ularni bu darddan qutqara oladi. Zero, sil bilan o’lmasligiz mumkin vaqtida davolanish bu kasallikni yengishga zamin yaratadi.

Unutmasligimiz lozimki yurtimiz tomonidan Sil kasalligining oldini olish va uni davolashga doir qonun hujjatlari takomillashtirilmoqda. Zero qilinayotgan barcha ishlar insonlar salamotligi va faravon hayot kechirishlari uchundir.

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...