четверг, 1 марта 2018 г.

Surxonning Barchinoy qizlari

Yurtimizda xotin-qizlarning tutgan o‘rni haqida faxr va iftixor bilan ayta olamiz. Umuman, O‘zbekistonda xotin-qizlarning mavqeini mustahkamlash borasida davlat ahamiyatiga molik salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.


Jamiyat rivojini xotin-qizlarsiz, ularning ishtirokisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu bois ayollarning oilada ham, davlat va jamoat ishlarida ham emin-erkin faoliyat yuritishlari, ularning huquq va manfaatlarini ro‘yobga chiqarish yo‘lida mamlakat miqyosida qator chora-tadbirlar ishlab chiqilib, hayotga joriy etilmoqda. Buning samarasi hayotimizda o’z aksini ko’rsatmoqda. Atrofga nazar tashlasak g’amho’rlikka javoban yurt ravnaqiga hissa qo’shayotga xotin-qizlar talaygina, ayniqsa sportchi qizlarimiz barchinoy izdoshlari sifatida viloyatimiz sha’nini himoya qilib kelmoqda.
Termiz davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari bo’lgan ikki qiz mening e’tiborimni tortdi. Ilk bor Barchinoy qizlarimizni viloyat “Yoshlar markazi” binosida universitet tadbirida uchratgan edim. Ular markaz fayesida ko’rgazmali namayishda ishtirok etayotgan edi.  Tadbirga kelgan ishtirokchi borki ularning yonidan e’tiborsiz o’tib keta olmadi. Sababi yosh bo’lishiga qaramay qator medallarni qo’lga kiritgan qizlar iqtidoriga barcha havas qilgandi.  Bu ikki qizlarning ismi Nilufar Yodgorova va Mohinur Mo’minovadir.
Milliy kurash va Duzdo bo’yicha O’zbekiston chempionati g’olibi, Milliy kurash bo’yicha xalqaro toifadagi sport ustasi Mohinur Buxoro viloyatida bo’lib o’tgan xalqaro turnir va Turkiyaning Istanbul shahrida o’tkazilgan chempionatda  1-o’rinni egalladi. 33 dan ortiq medallar sohibi bo’lgan iqtidor egasi yurtimiz bayrog’ini ko’plab musobaqalarda himoya qilish niyatida.
Tengdoshidan ortda qolmagan ikkinchi qahramonimiz Hilufar Erkin va Milliy kurash bo’yicha sport ustasi. Shuningdek, O’zbekiston chempioni ham. Buxoro viloyatida bo’lib o’tgan xalqaro turnirlarda va Duzdo bo’yicha  xalqaro musobaqalarda sovrindor bo’lib, jami 30 dan ziyod medallar sohibasi bo’lgan.
Ikki tengdosh erishgan yutuqlari va mehnatlari samarasi o’laroq Termiz  davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakultetiga imtiyozli qabul qilinishdi. Bugun ular talaba sifatida ham universitet ham viloyatimiz sha’nini munosib himoya qilib kelishmoqda.
Mastura


Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...