вторник, 4 октября 2016 г.

Inson huquqlari oliy qadriyat

 Istiqlol yillarida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar asosida  inson huquqlari, erkinligi va qonuniy manfaatlarini har tomonlama ta’minlashga asosiy e’tibor qaratildi. Shu asosda O‘zbekiston inson huquqlari bo‘yicha yetmishdan ortiq xalqaro hujjatga qo‘shildi, inson huquqlari va erkinligiga rioya etish hamda himoya qilish borasida zarur tashkiliy-huquqiy sharoit va kafolatlarni yaratish majburiyatini o‘z zimmasiga oldi. 


Xorijiy ekspertlar O‘zbekistonda shaxs huquqlari va erkinligini himoya qilishning qator yo‘nalishlari bo‘yicha dunyoning aksariyat davlatlariga namuna bo‘layotganini alohida ta’kidlashmoqda. Masalan, 2008-yilning yanvaridan boshlab mamlakatimizda o‘lim jazosining bekor qilingani xalqaro hamjamiyatning keng e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Bugungi kunda O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish borasida sakkizta konstitutsiyaviy qonun, 15 kodeks va 600 dan ziyod qonun qo‘llanilmoqda. Masalan, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”, “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”, “Homiylik to‘g‘risida”, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”, O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida” (yangi tahriri), “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlar qabul qilindi.  Bu qonunlar asosida yurtimizda aholi tinch va farovon umr kechirmoqda. Qay tamonga nazar tashlamang obod yurtda himoyada yashayotgan insonlar yuzida shukronalik ko’rasiz.
Ayniqsa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti va inson huquqlari bo‘yicha samarali faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa milliy institutlar tizimining tashkil etilgani O‘zbekistonni demokratik rivojlantirishda muhim omil bo‘lmoqda. Ular jamiyatimizda qonun ustuvorligi tamoyiliga amal qilish, fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarini qonunga muvofiq himoya qilishda yordam bermoqda hamda shu maqsadda mamlakatimiz davlat tuzilmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilmoqda.  
Internetda o’qib qoldim, Daniyaning inson huquqlari bo‘yicha institutining katta maslahatchisi Pol Daltonning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Yevropa mamlakatlarida, shu jumladan, Daniyada inson huquqlarini ta’minlash tizimlari o‘rtasida juda katta farq mavjud, deb o‘ylaydiganlar hamon bor. Biroq, bunday emas. “Darhaqiqat, farq bor, – deydi u. – Ammo, bu avvalo shundan iboratki, Daniya bir necha yuz yil ilgari mustaqillikka erishib, o‘z Konstitutsiyasini 1863 yilda qabul qilgan va bu mamlakatda inson huquqlarini himoya qilish tizimini yaratishda asos bo‘lgan. O‘zbekiston mustaqillikka erishganiga esa atigi 20 yil bo‘ldi. Lekin shunga qaramay, o‘tgan qisqa vaqt ichida qanday ulkan ishlar amalga oshirilganini ko‘rib turibmiz. Bugungi kunda O‘zbekiston va Daniyada parlament tuzilmasi va inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar faoliyati ko‘p jihatdan bir-biriga o‘xshash. Eng muhimi – mamlakatingizda ushbu institutlar mustaqilligini ta’minlash, davlat organlari hamda nodavlat muassasalarning inson huquqlariga rioya qilishi ustidan monitoringni amalga oshirishi uchun samarali choralar ko‘rilmoqda. O‘zbekistonning bu boradagi katta tajribasi va Prezident Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan yangi tashabbuslar ahamiyati nihoyatda muhim” degandi.  Ushbu so’zlarni o’qiganimga  oradan besh yil o’tibdiku hali hanuz esimda. Nega dersiz?  Darhaqiqat yurtimiz qisqa muddatda barcha jabxada jumladan qonun ustuvorligida ham yuqori ko’rsatkichlarga erishdi. Bugun shu zaminda yashayorgan har bir inson borki faxr ila shu mamlakatda yashayotganligidan baxtiyor.
Mastura XAMROYEVA

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...