суббота, 4 декабря 2021 г.

"Is gazidan ogoh bo'ling" tanlovi uchun

 Is gazi to‘g‘risida nimalarni bilishimiz shart?


Aksar xonadonlarda qish mavsumida  gaz plitasidan binoni isitish va uning ustida kiyimlarni quritish, shuningdek plitani nazoratsiz yoqilgan holatda qolishiga yo‘l qo‘yiladi. Gaz ballonlarini issiqlik manbaiga yaqin joyda qoldirishadi. Bu esa og’ir oqibatlarga olib kelishini esa har doim ham anglab yetmaymiz. Tushunganimizda esa afsus kech bo’ladi. 

Is  gazi hidsiz bo‘ladi. Shuning uchun undan zaharlanish vaqtida odam avval hech narsani sezmasligi mumkin. Lekin bilish lozimki, havo tarkibida is gazi 0,08 foizni tashkil etsa va bu havoni ichga yutgan odam o‘sha zahoti bosh og‘rig‘i va bo‘g‘ilishdan qiynaladi. Is gazi miqdori 0,32 foiz bo‘lganda falajlanish va hushdan ketish alomatlari kuzatiladi. Havoda bunday gaz miqdori 1,2 foizga yetganda esa odam bu havodan atigi 2-3 marotaba nafas olgandayoq hayoti fojeali tugashi mumkin. Aynan mana shu sabablar tufayli ham is gazidan zaharlanish o‘ta xavfli hisoblanadi.

Ta’kidlash kerakki, is gazidan zaharlangan kishiga albatta dastlabki yordamni ko‘rsatish lozim. Avvalo zaharlangan odamni toza havoga olib chiqing. Bordiyu u hushini yo‘qotmagan bo‘lsa, tinchlik va hotirjamligini ta’minlab, biror narsa bilan tinimsiz yelpib turing. Maboda hushsiz bo‘lsa, yurak sohasini tez-tez massaj qiling va “Tez yordam” yetib kelgunicha sun’iy nafas bering.

Yodingizda bo‘lsin, is gazidan zaharlangan kishini biror hududdan olib chiqayotganda o‘zingiz ham zaharlanib qolmaslikka harakat qiling. Buning uchun burningizni ro‘molcha yoki doka bilan bog‘lab olganingiz ma’qul. Is gazidan zaharlanishning yengil turida jabrlanuvchiga choy yoki qahva ichirgan ma’qul. Novshadil spirtini paxtaga namlab hidlatsangiz ham bo‘ladi.

Unutmangki is gazidan kuchli zaharlanish polinevrit,bosh miya shishi, ko‘rish qobiliyatining buzilishi, eshitish qobiliyatining izdan chiqishi,  yoki uzoq muddatli koma holatidagi pnevmoniya  zotiljamga olib keladi .

Shunday ekan o‘zingiz va yaqinlaringizning hayotini xavf ostiga qo‘yishni istamasangiz gaz manbalarini zinhor nazoratsiz qoldirmang. Uydan ko‘chaga chiqish oldidan albatta xonalarni ko‘zdan kechirishga odatlaning.

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...