четверг, 25 ноября 2021 г.

"Is gazidan ogoh bo'ling" tanlovi uchun

 Is gazidan zaharlanish holatida qanday choralar ko‘rish kerak?


Kuz-qish mavsumida aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq hodisalar yuz bermoqda.  O’zi is gazi nima?

Is gazi yer yuzida energiyaning jadal ishlatilishidan yuzaga keluvchi, tabiatda eng ko‘p tarqalgan zaharlovchi gazlardan biri hisoblanarkan. Qazib olinadigan yoqilg‘ilarning to‘liq yonmasligi is gazining bosh manbai hisoblanadi. U asosan ko‘mir, tabiiy gaz va boshqa yoqilg‘ilarning to‘liq yonmasligi sababli yuzaga keladi. Nafas olinuvchi havo tarkibida 0,1 foiz is gazining bo‘lishi o‘lim holatiga olib kelishi mumkin. Is gazi organizmga tushganda, u qon tarkibidagi gemoglabin va kislorod tashuvchi eritrotsitlarni o‘zaro bog‘lab, kislorodning tana bo‘ylab harakatlanishini cheklaydi. Natijada inson hushini yo‘qotadi.

Aholi yashash xonadonlarida asosan uy sharoitlarida tabiiy gazdan togri foydalanmaslik sababdir. Pechka bilan istiladigan uylar, hammomlar, dam olish palatkalarida yonuvchi moddaning toliq yonmasligi natijasida va  hozirda savdo dokonlarida sotilayotgan, gazda ishlaydigan har xil turdagi gaz uskunalari sababdir.  

Ozboshimchalik bilan uyni gazlashtirish, gaz asbobi ornini almashtirish, uni yangilash va tuzatish, gaz asboblari ornatilgan xonalar rejasini ozgartirir, maktabgacha yoshdagi bolalar, shuningdek oz harakatlarini nazorat qila olmaydigan shaxslarning gaz asboblaridan foydalanishi, gaz va gaz asboblaridan boshqa maqsadlarda foydalanish, gaz asboblari ornatilgan xonada uxlash va dam olish is gazidan zaharlanish holatini oshiradi. Shunday ekan suyultirilgan gaz ishlatganda  bosh va suyultirilgan gazli ballonlarni xona hamda yertolalarda saqlash, gazlashtirilgan xonaga 50—55 litr sigimli ballondan bittadan ortiq yoki 27 litrli ballondan ikkitadan ortiq qoyish, ballonlarni qizishdan saqlaydigan tosiq ornatilgan bolsa, ballon bilan isitish asbobining oraligi yarim metrgacha qisqartirilishi mumkin, ballon bilan tosiqning orasi esa 10 santimetrdan kam bolmasligi kerakdir.

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...