Qullikdan hurlikka
chiqqan san’at quyoshi
Sobiq Sovet tuzumi O’zbekistonda 70 yil
davomida Navro’z bayrami , “ Alpomish ” dostoni tuproqlar ostida yashirinib
keldi. Ammo o’zbek xalqi o’zining qadriyatlariga , og’zaki ijodiga sodiq xalq
ekanini yodidan chiqarmadi .
Yurtimiz mustaqillikka erishganidan so’ng esa
asriy qadriyatlarimiz tuproqlar ostidan olinib yuksaklarga parvoz etdi. Ayni damlarda Termiz shaxrida bo’lib o’tayotgan
Birinchi baxshichilik san’ati festivali
buning yaqqol dalilidir. O’tgan 27 yilga nazar tashlasak birgina baxshichilk
san’atiga bo’lgan e’tibor shu darajada ortdiki yurtboshimiz tomonidan sevilgan
va intiqib kutilgan oxanglar bizni qamrab oldi.
O’tgan
vaqtga nazar tashlasak 1998 – yilda “
Alpomish ” dostoni “ Sharq” nashriyot – matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh
tahririyati tomonidan 1928 – yilda Mahmud Zaripov tomonidan Fozil Yo’ldosh o’g’li
ijrosida yozib olgan matn asosida to’liq nashr ettirildi . 1999 – yilda
davlatimiz “ Alpomish” dostonining 1000 yillik to’yini YUNESCO ishtirokida
bayram qildi .
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2008 -
yilda “ Ma’naviyat ” nashriyotida chop etilgan “ Yuksak ma’naviyat – yengilmas
kuch ” kitobida shunday so’zlarni aytgan edi: “ Ajdodlarimiz tafakkuri va
dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar xalq og’zaki ijodi
namunalaridan tortib , bugungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan
ming – minglab qo’lyozmalar , ularda mujassamlashgan tarix , adabiyot , san’at
, siyosat , axloq , falsafa , tibbiyot , matematika , mineralogiya , kimyo ,
astronomiya , me’morchilik , dehqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmatbaho
asarlar bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir . Bunchalik katta merosga ega bo’lgan
xalq dunyoda kamdan – kam topiladi ”, deyilgan haqiqatdan asrlar davomida
bizgacha etib kelgan san]atimiz bizning bebaxo boyligimiz sanaladi.
Birgina Abdinazar
baxshi Poyon o’g’li o’z ijodida 40 ta xalq dostonlarini o’z variantlari
nusxasida ijro etgan . O’zbekiston , Qozog’iston va Qirg’izistonda bo’lib o’tgan
bir qator xalq baxshilari tanlovlarida faxrli o’rinlarni egallagan . Uning
ijodida 200 ga yaqin termalari bor . Shundan ikkita zamonaviy dostonini (“
Tursun mergan va Ramazon chobag’on” , “ Davrqul polvon ” ) , 50 ga yaqin
termalarini va 15 dan ziyod do’mbira kuylarini o’zi ijod qilgan .
Milliy hurlik baxsh etgan ijod erkinligi
tufayli xalq og’zaki ijodi namunalarini uzoq ajdodlarimizning tarixi , turmush
tarzi , ibtidoiy , diniy va e‟tiqodiy qarashlari bilan bog’liq holda o’rganish
imkoniyatlari tug„ildi . Xalq ijodiyoti namunalarini to’plash maqsadida
respublikamizning barcha viloyatlari va qardosh respublikalardagi o’zbeklar
istiqomat qiluvchi hududlarga ekspeditsiyalar uyushtirib , folkloriy jarayonlar
faol kuzatildi , folklorga oid xilma – xil janr namunalari yozib olindi . Ayniqsa
, Surxondaryo – Qashqadaryo vohasidagi jonli folklore jarayon qator xalq
ijodkorlarini kashf etish va talay xalq dostonlarini yozib olish imkonini berdi
. 1999 – yilda filologiya fanlari doktori Malik Murodov va filologiya fanlari
nomzodi Abduolim Ergashevning Surxondaryo viloyatiga uyushtirgan “ Alpomish ” –
o’zbek xalq qahramonlik eposi “ deb nomlangan ekspeditsiyasida Abdinazar baxshi
Poyon o’g’li ijodi ham o’rganib chiqildi . 1998 – yilda filologiya fanlari
doktori Malik Murodov va filologiya fanlari nomzodi Abduolim Ergashevlar
tomonidan chop etilgan “ Alpomishnoma ” kitobiga baxshining “ Alpomish ” , “
Tursun mergan va Ramazon chobag’on ” dostonlaridan parchalar va termalaridan
namunalar kiritilgan . Yurtimizda xalq qadriyatlarini targ„ib qilish ishiga
munosib hissa qo’shayotgan jutnalist Normurod Norqobilov Abdinazar baxshi 7
ijodiga bag’ishlab 2005 – yilda “ Jo’shqin daryo ” nomli badiasini bosmadan
chiqardi .
Ma’lumotlar asosida
Mastura Xamroyeva tayyorladi
Комментариев нет:
Отправить комментарий