четверг, 25 апреля 2019 г.

Nega aynan Boysun bahori??

Surxon vohasi boy va betakror madaniyati bilan ajralib turadi. Ayniqsa o’zining qadimiy milliyligini bag’rida asrab kelayotgan Boysun taravoti o’zgacha. Shuning uchun ham bu tumanning moddiy va nomoddiy madaniy merosi muhim ahamiyatga ega.

 2001 yilda Boysun o'ziga xos urf-odatlari, milliy liboslari, folklor asarlari, chanqovuz sadolari bilan  YUNESKO ning diqqatini o’ziga torta oldi. O’sha yili YUNESKO tomonidan "Og'zaki va nomoddiy madaniy meros asarlari" deb e'tirof etilgan Boysun 2008 yilda Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro'yxatiga kiritildi.
 2002 yil may oyida ko'plab mamlakatlarning folklor guruhlari ishtirokida  birinchi marotoba "Boysun bahor" ochiq folklor festivali bo'lib o'tdi.
Festivalga kelgan mehmonlarning bariu  mamlakatimizda madaniyat va san'atni yanada rivojlantirish, milliy qadriyatlarni tiklash, boy merosni asrab-avaylash va keng targ'ib etish, shu jumladan, folklor san'ati an'analariga alohida e'tibor qaratilayotgani ta'kidlashdi.

Shundan buyon Bahor kelishi bilan Boysun adirlarini butun dunyoni o’ziga torta boshlaydi. Zero bir so’z bilan aytganda ushbu festival odamlarning madaniy merosimiz bilan  kengroq tanishishiga, yosh avlodni xalq amaliy san'ati va folklor san'atiga yanada qiziqtirishga, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi.

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...