SILNI YENGISHDA: Profilaktik choralar
Sil kasalligi haqida barchamiz
bilamiz. Lekin aholi orasida ba’zan noto’g’ri tushunchalarning paydo
bo’lganligi sil bilan chalingan insonlarga nisbatan munosabatni o’zgartirmoqda.
Bu esa achinarli va o’g’riqli muammo. Shu uchun ham yana o’sha sil kasaligi
mavzusiga qaytdim.
Odatda
silning namoyon bo’lishi asta-sekin sodir bo’ladi. Sil kasalligining
boshlanishida alomatlar bo’lmaydi. Kasallikning birinchi bosqichida asosan
patogen organizmlar rivojlanadi va ko’payadi va hech qanday klinik belgilar
yuzaga kelmaydi. Juda uzoq vaqt davomida patogen bakteriyalar organizmda o’zini
namoyon qilmaydi, ko’pincha o’pka to’qimalarida rivojlanadi va ko’payadi.
Kasallik
ikkilamchi bosqichga o’tganda, patogen bakteriyalar tez ko’payadi va tananing
boshqa a’zolariga tarqaladi. Bu holatda o’limga olib keladigan jiddiy jarohatlar
va kasalliklar yuzaga keladi. Kasallikning bu bosqichida odatda sigaret
chekadigan odamlar ushbu belgini «chekuvchining yo’tali» belgilariga yo’yishadi
va adashtiradi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий