вторник, 15 октября 2024 г.

 O‘zbekiston uchun  maishiy chiqindilar va chiqindixonalarni kamaytirish eng muhim vazifa


Tahlillarga ko‘ra, so‘nggi yillarda maishiy va sanoat chiqindilarining yildan-yilga ortayotgani yer yuzidagi ekologik barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, hozirgi kunda chiqindilarning 900 ga yaqin turi qayd etilgan. Har yili dunyoda chiqindilar hajmi 3 foizga ko‘paymoqda.

Barcha mamlakatlar, jumladan, O‘zbekiston uchun ham maishiy chiqindilar va chiqindixonalarni kamaytirish eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Qayta ishlash bu muammoni hal qilishga yordam beradi, chunki bu orqali chiqindilarning katta qismidan foyda bilan xalos bo'lish, shuningdek, resurslarni tejash mumkin.

Chiqindilarning ko'payishi va cheklangan resurslar muammosi bugungi kunda eng dolzarb muammolardan biriga aylanmoqda. Chiqindilar yildan-yilga ortib bormoqda.

Rivojlangan mamlakatlarda maishiy va sanoat chiqindilarining 40-60 foizi qayta ishlanadi.

Bu borada O‘zbekistonda qanday ishlar qilingan?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-dekabrdagi qaroriga asosan respublikada chiqindilarni alohida yig‘ish tizimi bosqichma-bosqich quyidagi tartibda joriy etilmoqda.

1-bosqich – 2021-yilda Toshkent shahrining aholi turar joylaridagi chiqindilarni yig‘ish punktlari hududida maishiy chiqindilar “qayta ishlanadigan” va “qayta ishlanmaydigan” chiqindilarga bo‘lindi.

2-bosqich – 2022-yil Toshkent shahrida “qayta ishlanadigan” va “qayta ishlanmaydigan” toifalarga bo‘lingan maishiy chiqindilarni yig‘ish “Maxsustrans” davlat unitar korxonasi tomonidan amalga oshirila boshlandi.

3-bosqich - 2024-2028-yillarda Respublika hududida “qayta ishlanadigan”, “qayta ishlanmaydigan”, “organik”, “xavfli maishiy chiqindilar” va boshqa toifalari bo‘yicha tizim bosqichma-bosqich joriy etiladi.

 Atrof-muhitga tashlanadigan maishiy chiqindilarni qayta ishlash, ulardan tayyor va yarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish chiqindilarni bartaraf etishning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi ham chiqindilarning 85 foizini qayta ishlash mumkinligini amalda  ko‘rsatmoqda.

Masalan, oddiygina chiqindiga aylangan  makalaturadan qog‘oz olish nafaqat daraxtlarning kesilishini kamaytiradi, balki elektr quvvatining sarfini to‘rtdan uch qismga qisqartiradi. Bir tonna qog‘ozni qayta ishlab chiqarishga uni yog‘ochdan tayyorlash uchun ketadigan suvning yarmi sarf bo‘ladi.

  Surxondaryo viloyatida jami 12 ta chiqindi poligoni mavjud bo’lib,  6 ta sanitar tozalash korxonalari voha ahliga xizmat qiladi.  Viloyatda yil davomida jami 380-400 ming tonna chiqindi chiqariladi.Shundan 120-130 ming tonnasi  15 ta qayta ishlash korxonalari tomonidan qayta ishlanib, yarim tayyor va tayyor mahsulotga aylantiriladi.  Bu esa yil davomida umumiy chiqariladigan chiqindini 30% ga  to’g’ri keladi.

Atrofdagi chiqindilarni kamaytirish va ozoda saqlash xar bir inson vazifasi sanaladi. Bu yo’lda chiqindilar masalasida aholining ekologik madaniyatini oshirish, yosh avlod qalbida ona tabiatga mehr-muhabbat, unga daxldorlik hissini uyg‘otish, chiqindini saralab chiqarishga o‘rgatish eng muhim jihatlardan hisoblanadi. Shunday ekan, har birimiz tashabbusni o‘zimizdan boshlagan holda chiqindilarni turiga qarab ajratib, qayta ishlash mumkin bo‘lgan maishiy chiqindilarni alohida, ayniqsa, chiqindilarni maxsus ajratilgan joyga, chiqindi urnasiga tashlashga odatlanaylik. Shunda yon-atrofimiz ifloslanishining oldini olishga, maishiy chiqindilar qayta ishlanishiga hissa qo‘shgan bo‘lamiz.  

Комментариев нет:

Отправить комментарий

  “Ўзбекистон – 2030” стратегияси монументи очилди Янги 2025 йилнинг дастлабки кунларида Қорақалпоғистон Республикаси Элликқалъа тумани марк...