четверг, 26 июля 2018 г.

VILOYAT HOKIMI AFG‘ONISTONLIK ISHBILARMONLAR BILAN UCHRASHDI

Bugun O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalar yangi bosqichda rivojlanib bormoqda. Xususan, surxondaryolik va qo‘shni mamlakat ishbilarmon doiralarining teng sheriklikka asoslangan munosabatlarini kengaytirish yo‘lidagi sa’y-harakatlar bunga yaqqol misoldir.

Viloyatimiz hokimi Bahodir Po‘latov hamda “Afghan-German company” qo‘shma korxonasi ta’sischilari Samiulloh Samkanay va Abdulvahob Kaimiy o‘rtasida o‘tkazilgan muloqot ham qurilish sohasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini kuchaytirish masalalariga bag‘ishlandi.
Muloqot davomida viloyatimizdagi qulay ishbilarmonlik muhiti, mahalliy tadbirkorlar va xorijiy investorlar uchun yaratilgan qator imtiyoz va qulayliklar haqida ma’lumotlar berildi. Uning yakunida qurilish sohasida katta tajribaga ega bo‘lgan “Afghan-German company” qo‘shma korxonasi bilan umumiy qiymati 10 mln. dollarga teng bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritish evaziga Termiz shahrida zamonaviy turar-joy komplekslari va mehmonxona qurishga kelishib olindi.
Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Ички туризм имкониятлари кўргазмада намойиш қилинди Сурхондарё вилояти ўзига хос ички туризм имкониятларига эга.  Шуни инобатга олган холда ...