суббота, 21 июля 2018 г.

Vatanimga muhabbatim ramzi

Yurt dovrug‘i, obro‘-e’tiborini dunyoga namoyon etadigan sohalardan biri sportdir. Bu sohaga katta e’tibor qaratgan davlat, mamlakatlarning fuqarolari sog‘lom bo‘ladi. Istiqlolga erishgan O‘zbekistonda ham dastlabki yillardan boshlab aholi o‘rtasida sportning ommaviyligini ta’minlashga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratildi. Bugun esa barcha yoshlarimiz sport bilan muntazam shug’ullanib keladi.

Baxrillo Sobirov ham sportga oshno tutilib, asrlar davomida sayqallanib, mardlik ramzi bo’lgan kurash bilan shug’ullana boshladi. Bola boshidan deganlaridek, qahramonimiz Turon yakka kurashi va Kombat Aykido sport turi bo’yicha maktabda o’qib yurgan kezlaridanoq yutuqlarga erisha boshlagan. 2008 yilda Turon yakka kurashi bo’yicha yoshlar o’rtasida o’tkazilgan Denov birinchiligida faxrli birinchi o’rinni, viloyat birinchiligida esa ikkinchi o’rinni egalladi. Hozirgacha bir qator sport musobaqalarida yuqori o’rinlarni egallab kelmoqda.
Ustozi Jo’raqul Umarov talabchan bo’lib, qahramonimiz yutuqlarini qo’lga kiritishida uning saboqlari  yo’l ko’rsatgan.  Davlat tomonidan sportchilarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik o’z samarasini bermoqda. E’tiborlisi, sportchilarimizning aksariyatini mustaqillik davrida tug‘ilib voyaga yetgan yigit-qizlar tashkil etayapti.
-Sport menda har bir mard o’g’londagi metn iroda, chidamlilik, o’z oldiga qo’ygan maqsadlari sari ildamlashni o’rgatdi. Bugun  qaysi marralarni egallamoqchi bo’lmay  menga kurash mayoq bo’lmoqda. Erishayotgan yutuqlarim bilan Ona Vatanimga muhabbatimni va sadoqatimni yana bir bor namoyon qilishga imkon  yaratilmoqda. Shu yurt farzandi ekanman yurtim sarhadlari osoyishtaligi va ravnaqiga o’z hissamni qo’shaman –deydi Baxrillo Sobirov.
Mamlakatimizda insonni, uning mehnatini qadrlashga va munosib rag'batlantirishga doimo katta e'tibor qaratib kelinmoqda. Bugungi kunda yoshlarimiz uchun barcha sohalarda o'z iste'dodi va salohiyatini namoyish etishi, ta'lim olishi, sport bilan shug'ullanishi uchun yo'l ochilgan. Bunday qulayliklardan unumli foydalanib, Vatanimiz ravnaqi uchun xizmat qilish bizning farzandlik burchimizdir.


Комментариев нет:

Отправить комментарий

Ички туризм имкониятлари кўргазмада намойиш қилинди Сурхондарё вилояти ўзига хос ички туризм имкониятларига эга.  Шуни инобатга олган холда ...