четверг, 26 июля 2018 г.

O‘zbekiston harbiylari Denovda maxsus taktik-o‘quv mashg‘ulot o‘tkazdi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar, Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, prokuratura, DXX Chegara qo‘shinlari hamkorligida hududning xavfsizligini ta’minlash yuzasidan maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. 


– Ikki kunlik maxsus tadbirda Mudofaa vazirligining hududdagi harbiy xizmatchilari, tuman hokimligi, prokuraturasi, ichki ishlar bo‘limi, boshqa mutasaddi idoralar va keng jamoatchilik vakillari ham faol ishtirok etdi, – deydi viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati rahbari, kapitan F.Toshboyev. – O‘quv mashg‘ulot jarayonida shartli ravishda garovga olingan bino va inshootlarni, shaxslarni qutqarish ishlari tezkorlik bilan bajarildi. 
 Xonadonlardagi ijtimoiy vaziyat atroflicha o‘rganildi. Shaxsiy tarkibning jangovar shaylik darajasi oshirilib, tuman hududini mudofaa qilishga, har qanday ko‘rinishdagi huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishga e’tibor qaratildi. Shu maqsadda ichki va tashqi xalqalar tashkil etilib, blok-postlarda Mudofaa vazirligi va ichki ishlar idoralarining sohaviy xizmat xodimlaridan iborat shaxsiy tarkibning tunu-kun xizmat olib borishi tashkil etildi.
 Aholining tinch, osayishta va farovon turmushini ta’minlashga yo‘naltirilgan tadbir doirasida Mehr-oqibat mahalla fuqarolar yig‘inida tezkor profilaktik qidiruv o‘tkazildi. Guliston mahallasi hududida viloyat IIB harbiy safarbarlik bo‘limi, O‘zbekiston Respublikasi IIV maxsus operatsiyalar muvofiqlashtirish boshqarmasi Surxondaryo viloyati buyicha maxsus otryadi, Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi va Milliy Gvardiyaning Surxondaryo viloyati harbiy xizmatchilari hamkorligida o‘tkazilgan shartli ravishda garovga olingan shaxslarni ozod qilish bo‘yicha maxsus taktik-o‘quv mashg‘uloti ham soha xodimlarining professional mahorati va jangovar shaylik darajasini keng namoyon etdi. 
Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati


Комментариев нет:

Отправить комментарий

  Surxondaryoda 75 ta mahallaning infratuzilmasi   yaxshilandi   Xalqimizda yaxshi bir an’ana bor, bayramlarga aholimiz uchun tuhfalar t...