четверг, 5 апреля 2018 г.

Jurnalistlar uyushmasi tashabbusi

Kuy-qo‘shiq, san’atga oshno insonlar hech qachon yomonlik istamaydi. Viloyatimiz esa azaldan madaniyat o‘chog‘i bo‘lib kelgan. Shu sabab san’atsevar yurtdoshlarimizga Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan Navro‘z bayrami kunlarida Termiz shahrida muhtasham San’at saroyi barpo etilishi katta sovg’a bo'ldi.


Bugungi kungacha esa san’at saroyi sahnasida  ijodiy faoliyatni davom ettiriyatgon  Mannon Uyg’ur nomidagi viloyat musiqali drama teatrining ilk tomoshasi  O’zbekiston xalq shoiri, dramaturg Usmon Azim qalamiga mansub “Alpomishning qaytishi” spektakli bo’ldi. Uni  ko’rish uchun viloyatdoshlarimiz har kun tashrif buyurishmoqda. Kuni kecha O’zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo’limi boshqaruvi raisi Norquvvat To’rayev tashabbusi bilan bir guruh faxriy va  hozirda faoliyat olib borayotgan jurnalistlar “Alpomishning qaytishi” namoyishiga jam bolishdi.
Spektakl boshlanishi avvalida butun zal tomoshabinlar bilan to’ldi. Barcha kutgan asar qahramonlar, teatrning zabardast va iqtidorli yosh san’atkorlari sahnada namayon bo’ldi. Kundalik hayotimizda yuz berayotgan voqea-hodisalar, zamonamiz qahramonlari siymosini sahnada ko‘rishning zavqi bo‘lakcha. Yurt o’gloni Alpomishni Qalmoq elidan  qaytib Qo’ng’irot elini dushmanlardan ozod qilinishi voqealarini san’atsevar insonlar katta qiziqish bilan kutib oldi.
Surxoncha qo’shiqlar, davrga mos liboslar va o’ziga hos dekoratsiyalar va asosiysi mohirona ijro bizda katta taasurot qoldirdi. Spektakl so’ngida tomoshabinlar ham aktyorlar mahoratini munosib taqdirlab qarsaklar sadosi ila pardalar yopildi. Xalqimizda shunday naql bor yuz marotaba eshitgandan ko‘ra, bir marotaba ko‘rgan yaxshi degan. Yuz bora eshitgandan bir bora “Alpomishning qaytishi” spektaklini ko'rishga siz ham boring.

Mastura Xamroyeva

Комментариев нет:

Отправить комментарий

  Surxondaryoda 75 ta mahallaning infratuzilmasi   yaxshilandi   Xalqimizda yaxshi bir an’ana bor, bayramlarga aholimiz uchun tuhfalar t...