четверг, 22 марта 2018 г.

DAVR MUAMMOSIGA AYLANGAN ODAM SAVDOSI

Inson. Uning huquqiy erkinliklari, qonuniy manfaatlari har qanday tajovuzlardan himoyalangan bo’lishi shart. Davlatimizda esa, mustaqillik yillaridanoq, inson manfaatlari eng oliy qadriyat uning ulug’lash bo’lib, transmilliy jinoyatlardan biri bo’lgan odam savdosining har qanday ko’rinishiga qarshi kurashish ustuvor vazifalardan biri darajasiga ko’tarilgan.

 Albatta, bugun dunyo hamjamiyatini turli dinlararo, millatlararo nizolar, diniy ekstremizm, terrorizm noqonuniy qurol-yaroqlar narkotiklar savdosi kabi tahdidlardan tashqari, keyingi yillarda avj olib borayotgan qamrovi jihatidan tobora kengayib borayotgan odam savdosi xavf-xatar solyapti. U yangicha ko’rinishlarida namoyon bo’lmoqda. Birlashgan millatlar tashkilotining rasmiy ma’lumotlariga ko’ra, bir yil ichida o’rtacha 2 million 800 ming fuqaro odam savdosi qurboniga aylanyapti, 600-800 mingacha ayol va bolalar turli hiyla-nayranglar bilan xorijiy mamlakatlarga olib ketilgani holda qul sifatida sotib yuborilmoqda.
Xalqaro ekspertlarning ta’kidlashlircha, ushbu jinoyat sabab jahon bo’yicha 7 milliard AQSH dollari hajmidagi pul noqonuniy aylanmoqda. Jahon ommasi oldida unga qarshi kurashish eng dolzarb bo’lgan ushbu jinoyat turi bizning yurtimizni ham chetlab o’tgani yo’q. Mustaqillik yillarida Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda odam savdosi jinoyatlarini oldini olish, uni bartaraf etish maqsadida huquqiy asoslar yaratildi.  Mamlakatimizda 2008 yil 17 aprelda «Odam savdosiga qarshi kurashish to’g’risida» gi qonun va bundan tashqari 2008 yil 8 iyulda "Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi qaror qabul qilindi.

Odam savdosiga qarshi kurashish fuqarolarning huquqiy madaniyat saviyasi ongi taffakurini yuksaltirish huquqni muhoqaza qiluvchi organlari oldiga yanada mas’uliyatli vazifalar qo’ymoqda. O’rni kelganda shuni alohida ta’kidlasak kerak. 

Комментариев нет:

Отправить комментарий

  Surxondaryoda 75 ta mahallaning infratuzilmasi   yaxshilandi   Xalqimizda yaxshi bir an’ana bor, bayramlarga aholimiz uchun tuhfalar t...