четверг, 22 марта 2018 г.

Bayramga vohadoshlarimizga tuxfa

Muhtaram Prezidentimizning vohadoshlarimizga, xalqimizning madaniyat va sanatiga bolgan yuksak etiborlarining namunasi sifatida Surxon vohasining Termiz shahrida muhtasham Sanat saroyi barpo etildi va bahor ayyomi, Navroz bayrami kunlarida, yaqinlashib kelayotganXalqaro teatr kuniarafasida foydalanishga topshirildi.

Prezidentimizning o‘tgan yil 3-avgustdagi O‘zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvi adabiyot, madaniyat va san’atni yangi bosqichda rivojlantirishning istiqbolli yo‘llarini belgilab berdi. Sohani rivojlantirishga oid qator farmon va qarorlar qabul qilindi. Ayni paytda Termiz shahrida madaniyat va san’at fidoyilari uchun ikkita ko‘p qavatli yangi uy qurilmoqda. Teatr xodimlari uchun yana bitta ko‘p qavatli uy-joy qurish ko‘zda tutilgan. Bunday yuksak e’tibor ijodkor ziyolilarni yurtimizda yuz berayotgan o‘zgarish va yangilanishlarga hamohang, hamnafas faoliyat yuritib, xalqimiz, ayniqsa yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yanada boyitishda muhim omil bo‘lmoqda.

Yasharish va yangilanish bayrami arafasida Surxondaryo viloyati ahli uchun foydalanishga topshirilgan mazkur koshona ham ana shunday ezgu maqsadlarga xizmat qiladi. 700 o‘rinli salobatli San’at saroyini barpo etishga 132 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. 32 gektar maydondan iborat hudud obodonlashtirilib, ko‘rkam va go‘zal go‘shaga aylantirildi. 3 ming o‘rinli Amfiteatr binosi, rangli favvora qurildi. Milliy va zamonaviy arxitektura yechimlari asosida qad rostlagan bino eng so‘nggi texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan. Xullas, muhtasham saroyda turli sahna asarlari va ko‘ngilochar tomoshalarni keng namoyish etish uchun zarur qulaylik yaratilgan. Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi E.Turdimov so‘zga chiqdi. Tantanali tadbirda Mannon Uyg‘ur nomidagi viloyat musiqali drama teatri san’atkorlari saxnalashtirgan spektakllardan parchalar hamda san’at ustalarining konsert dasturi namoyish etildi. 

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Ички туризм имкониятлари кўргазмада намойиш қилинди Сурхондарё вилояти ўзига хос ички туризм имкониятларига эга.  Шуни инобатга олган холда ...