четверг, 22 марта 2018 г.

Barchamizga ta’luqli


 Bugungi kunda  BMT ma'lumotiga ko'ra, har yili dunyo bo'yicha taxminan 2 million 800 ming kishi odam savdosi jinoyati qurboniga aylanmoqda. Achinarlisi, odam savdosi jinoyatidan jabrlanganlarning 80 foizini ayollar va bolalar tashkil etadi.

 Ayrim kishilarning ishonuvchanligi, etarli huquqiy bilimga ega emasligi bu jinoyatning keskinlashuviga sabab bo'lmoqda. Shu bois ushbu jinoyatga qarshi samarali kurash olib borishda davlatlararo hamkorlik muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimizda ham bu borada keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda. O'zbekiston Respublikasi inson huquqlari bo'yicha 60 dan ortiq xalqaro hujjatlarga qo'shilgan va BMT tomonidan mazkur sohada qabul qilingan 6 ta asosiy xalqaro shartnoma ishtirokchisiga aylangan. Shuningdek, xorijiy davlatlar bilan uyushgan jinoyatchilik, shu jumladan, odam savdosiga qarshi kurashishga qaratilgan 30 dan ziyod shartnoma va kelishuvlar imzolangan.
Odam savdosi, ayniqsa, nihoyatda serdaromad faoliyat turi sifatida barchani e'tiborini jalb qilmoqda. Agar statistik ma'lumotlarga nazar tashlaydigan bo'lsak, quldorlik xukm surgan to'rt asr davomida uning savdo aylanmasida 12 millionga yaqin odam bo'lsa, so'nggi 30 yil ichida birgina Osiyoda jinsiy qullikka mahkum etilgan ayollar va bolalar soni 30 milliondan ortiqni tashkil etdi.  Ushbu qilmish tufayli olinayotgan daromad giyohvandlik vositalari va qurol-yarog' savdosidan keyin uchinchi o'rinni egallaydi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma'lumotlarga ko'ra, har yili 600 mingdan 800 minggacha ayollar va bolalar aldov yo'llari bilan chet ellarga olib ketilib, sotib yuborilmoqda.

Mavjud statistik ma'lumotlarga ko'ra, otgan yillarda  respublikamizda 5 ming nafardan ortiq shaxs odam savdosi bilan bog'liq jinoyatlardan jabrlangan. Ularning 4 ming 197 nafarini erkaklar, 1102 nafarini ayollar, 182 nafarini voyaga etmaganlar tashkil etgan.
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, bunday jinoyat jabrlanuvchilarning, ayniqsa, shahvoniy maqsadlarda ekspluatatsiya qilinayotgan ayollarni aksariyat qismi, ya'ni 78 foizini 16-25 yoshdagi ayollar tashkil etar ekan. 
Yuqorida keltirilgan raqamlardan kuzatishimiz mumkinki, bugungi kunda odam savdosi ijtimoiy xavfliligi jihatidan kun sayin o'sib borayotgan jinoyatlardan biri bo'lib, unga qarshi milliy va xalqaro miqyosda kurashni kuchaytirish, bunday qilmishlarni oldini olishda zarur dasturlarni ishlab chiqish hamda mazkur muammoga qarshi kurashishning xuquqiy asoslarini yanada mustahkamlash lozimligini davrning o'zi talab qilmoqda.

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Ички туризм имкониятлари кўргазмада намойиш қилинди Сурхондарё вилояти ўзига хос ички туризм имкониятларига эга.  Шуни инобатга олган холда ...