среда, 15 ноября 2017 г.

Qardiyatlar tiklangan zamin

Ko‘hna obidalarga boy O’zbekiston  betakror sharqona ruhi va qiyofasi, boy tarixi, saqlanib qolgan noyob, har qanday odamni hayratga soladigan obidalari bilan sayyoramizning turli o‘lkalarida afsonaviy shahar sifatida ma’lumu mashhurdir. Uning asl korki mustaqillik yillarida yana sayqallandi. Dunyo miqyosida tanilishida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qilgan bunyodkorlik ishlarini alohida aytib otish lozim. Zero, Ozbekiston Islom Karimov nomi  ila chambarchas bogliqdir.
Har yutug’imizda hayotga qaytadigan inson

 Yurtboshi aholini nuravshon va faravon hayotga yetaklay olsagina xalq qalbini egallab, uning mehriga sazovor bo’ladi. Xalq unga ergashadi. Uning qarorlarini hurmat qilib,  yurt ravnaqi uchun hissa qo’shishni  o’zi uchun sharaf deya biladi. Bizda shunday bo’ldi. Mustaqillikning ilk kunlaridanoq insonlarni o’ylab qilingan harakatlar sabab aholi Islom Karimovga ergashdi. Chin ma’noda bugungi kungi obodlik  shu zotning  demokratik fuqarolik jamiyati qurish asoslarini yaratishi, mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishi, yurtimizning yorug‘ istiqboli yo‘lida ko‘pmillatli xalqimizni birlashtirib, uni ulug‘ maqsadlar sari boshlab borishi bo'ldi.
Xalqdan kuch olgan inson jasorati

Olisga emas bor yog’i  yigirma besh yil oldinga qaralsa mamlakatimizda amalga oshirilgan ulkan ishlar, tarixiy o‘zgarishlarning tashabbuskori va rahnamosining dunyo sahnasiga katta kuch xalq kuchi bilan chiqqani unutib bo’lmaydi. Bobolarimiz o’sha kezlarni hotirlaganda O‘zbekiston mustaqilligining asoschisi, mamlakat mustaqil taraqqiyot dasturini ishlab chiqqan va milliy taraqqiyot yo‘lini belgilab bergan Islom Karimov jasoratini eslashadi.

Ички туризм имкониятлари кўргазмада намойиш қилинди Сурхондарё вилояти ўзига хос ички туризм имкониятларига эга.  Шуни инобатга олган холда ...